EKOKALTSIY+

Mahsulotning asosiy moddasi kaltsiy gidrooksiapatitdan ya’ni tabiiy biologik kaltsiy birikmasidan iborat va u organizm tomonidan juda yengil va to’liq o’zlashtiriladi.

Tabiiy, oshqozon-ichak kasalliklarini qo’zg’amaydi va keltirib chiqarmaydi, Bernet sindromini paydo qilmaydi, oshqozonda kislotalikni oshirmaydi va aksincha oshqozon shirasidagi kislotani neytrallaydi, dozani oshib ketishi zarar keltirmaydi (siydik orqali tezda chiqarib yuboriladi), juda kam hollarda o’tkinchi qabziyat chaqiradi, ichak mikroflorasini rag’batlantiradi.

Ayollarda va erkaklarda jinsiy gormonlar ishlab chiqarilishini rag’batlantirib, ayollarda go’zallikni, erkaklarda esa quvvatni oshiradi, kuchli tinchlantiruvchi xususiyatga ega, uyquni va xotirani yaxshilaydi, suyak sinishlarida bitishni tezlashtiradi, bo’g’imlarda va boshqa joylarda tuzlar yig’ilishini oldini oladi.

Kaltsiy hayotiy muhim element ya’ni organizm kaltsiysiz yashay olmaydi, uning qondagi miqdori 2,1dan 2,6mmol/l ga teng. Odam organizmi bir sutka davomida o’rtacha 800-1500mg kaltsiy qabul qilishi kerak.

Tarkibi

Quruq yogsizlantirilgan sut, kakao, maltodekstrin, aspartam, vanilin, isomaltooligosaxarid, beta karotin, C, D3, B1,B2, B5, B6, B9, PP vitaminlari, mis, molibden, ftor,temir, magniy, fosfor, kaliy, natriy, sink, marganets kabi mikroelementlar, biologik fermentlangan suyak kaltsiysi.

Mahsulotning asosiy moddasi kaltsiy gidrooksiapatitdan ya’ni tabiiy biologik kaltsiy birikmasidan iborat va u organizm tomonidan juda yengil va to’liq o’zlashtiriladi. Ushbu mahsulot ovqatga faol qo’shimcha bo’lib, organizmning kaltsiyga bo’lgan sutkalik talabining o’rtacha miqdorini to’liq qondiradi (bir sashedan ikki mahal).

Qabul qilishga ko’rsatmalar

Kaltsiy yetishmovchiligi natijasida kelib chiqadigan kasalliklarni davolash va oldini olish, kaltsiy yetishmovchiligiga olib keladigan kasalliklarda va holatlarda kaltsiy yetishmovchiligini bartaraf etish, jumladan suyak yemirilish (osteonekroz), osteoporoz, tug’ma suyak sinuvchanligi, osteoxondopatiyalar (Keller I, Keller II, Kinbek, Kyonig, Kalve, Osgood–Schlatter, Sheyerman-Mao, Legg-Kalve-Pertes, Shints kasalliklari) osteodistrofiyalar, suyak sinishlari, deformatsiyalovchi osteoartrozlar, bolalarda chanoq-son bo’g’imi displaziyasi, son suyagi tug’ma chichishlari, Pedjet kasalligi, biriktiruvch to’qima displaziyasi, Marfan kasalligi, organizmning kaltsiyga bo’gan fiziologik talabini to’ldirish, yosh ulg’ayishi bilan kelib chiqadigan osteoporoz, klimaks davri va undan keying davr.

Dozalash

7 yoshgacha bo’lgan bolalarga yarim choy qoshiqdan yoki yarim qopchadan 2 mahal, 7 yoshdan kattalarga 1 choy qoshiqdan yoki 1 qopchadan 2 mahal, 50-60 ml qaynab sovigan iliq suvda yoki 2-3 osh qoshiq qatiqda eritib ovqatdan yarim soat oldin och qoringa ichiladi. Qabul qilish muddati kasallikning og’ir-yengillik darajasiga qarab 1 oydan 3 oygacha va undan ko’p bo’lishi mumkin. Profilaktika maqsadida, zarurligiga qarab uzoq muddat yoki doimiy qabul qilish mumkin.

Bu mahsulot ovqatga aralashganda yoki ovqatdan so’ng qabul qilinganda hamda gipoatsid gastritlarda ichaklar orqali so’rilishi keskin pasayib ketadi.

Qo’shimcha ta’sirlar

Qon ivuvchanligini oshirishi mumkin. Bunda qon tomirlarida tromblar hosil bulishi bilan bog’liq kasalliklar xavfi paydo bulishi mumkin, bunday asoratlarni oldini olish maqsadida shifokor maslahati bilan, qon ivuvchanligini pasaytiruvch preparatlarini (antiagregantlar, antikoagulyantlar) birgalikda qabul qilish tavsiya etiladi.

Qabziyatga o’tkinchi tarzda biroz moyillik paydo qilishi mumkin. Bunday hollarda shifokor maslahatiga ko’ra probiotiklar, prokinetiklar yoki ichsuruchi preparatlaridan foydalanish tavsiya etiladi.

Qarshi ko’rsatmalar

Ikki oydan kichik bolalar, mahsulot tarkibidagi komponentlarni ko’tara olmaslik, giperkaltsiemiya (yomon sifatli o’sma kasalliklari, qalqonsimonoldi bezi o’smasi, og’ir buyrak yetishmovchiligi).

Kaltsiy yetishmovchiligi belgilari

Umumiy holsilik, ko’tarinki charchoq.

Tirnoq va sochlarning sinuvchanligi.

Migrenga o’xshash surunkali bosh og’riqlar

Muskullarning titrashi, terining qurishi.

Tishlarning yemirilishi va tushib ketishi (karies, paradontit va hakozo).

Umurtqa, chanoq, chanoq-son bo’g’imi va boldir sohalarida sababsiz qaqshash hamda og’riqlar.

Qomatning buzilishi, umurtqaning qiyshayishi, paraesteziyalar (sezgining buzilishi).

Yengil jaroxatlarda ham suyak sinishlari, qayta-qayta suyak sinishlari, suyak siniqlarining kechikib bitishi.

Aloqa

+998 93 003 74 19

Telefon raqam

+998 95 551 31 00

Telefon raqam

Samarqand vilotati, Mitan shaharchasi, A.Temur ko'chasi 48-uy

F.I.O*

Telefon raqam*

+998

Elektron pochta

Xabar*

Ko'p beriladigan savollar

Normal holatlarda kimlarda organizmning kaltsiyga bo’lgan talabi yuqori?
Bolalarning tez o’sish davrida, balog’at yoshida (12-19 yosh), jismoniy zo’riqishli sportchilarda, homiladorlikda, onalarning emizikli davrida, chala tug’ilgan bolalarda.