EKOKALTSIY PLUS

Mahsulotning asosiy moddasi kaltsiy gidrooksiapatitdan ya’ni tabiiy biologik kaltsiy birikmasidan iborat va u organizm tomonidan juda yengil va to’liq o’zlashtiriladi.

Tabiiy, oshqozon-ichak kasalliklarini qo’zg’amaydi va keltirib chiqarmaydi, Bernet sindromini paydo qilmaydi, oshqozonda kislotalikni oshirmaydi va aksincha oshqozon shirasidagi kislotani neytrallaydi, dozani oshib ketishi zarar keltirmaydi (siydik orqali tezda chiqarib yuboriladi), juda kam hollarda o’tkinchi qabziyat chaqiradi, ichak mikroflorasini rag’batlantiradi.

Ayollarda va erkaklarda jinsiy gormonlar ishlab chiqarilishini rag’batlantirib, ayollarda go’zallikni, erkaklarda esa quvvatni oshiradi, kuchli tinchlantiruvchi xususiyatga ega, uyquni va xotirani yaxshilaydi, suyak sinishlarida bitishni tezlashtiradi, bo’g’imlarda va boshqa joylarda tuzlar yig’ilishini oldini oladi.

Kaltsiy hayotiy muhim element ya’ni organizm kaltsiysiz yashay olmaydi, uning qondagi miqdori 2,1dan 2,6mmol/l ga teng. Odam organizmi bir sutka davomida o’rtacha 800-1500mg kaltsiy qabul qilishi kerak.

Tarkibi

Quruq yogsizlantirilgan sut, kakao, maltodekstrin, aspartam, vanilin, isomaltooligosaxarid, beta karotin, C, D3, B1,B2, B5, B6, B9, PP vitaminlari, mis, molibden, ftor,temir, magniy, fosfor, kaliy, natriy, sink, marganets kabi mikroelementlar, biologik fermentlangan suyak kaltsiysi.

Mahsulotning asosiy moddasi kaltsiy gidrooksiapatitdan ya’ni tabiiy biologik kaltsiy birikmasidan iborat va u organizm tomonidan juda yengil va to’liq o’zlashtiriladi. Ushbu mahsulot ovqatga faol qo’shimcha bo’lib, organizmning kaltsiyga bo’lgan sutkalik talabining o’rtacha miqdorini to’liq qondiradi (bir sashedan ikki mahal yoki bir choy qoshiqdan ikki mahal).

Qabul qilishga ko’rsatmalar - quyidagi kasalliklarni kompleks davolashda

Ortopedik va travmatologik kasalliklarda

Suyak yemirilishi (osteonekroz), birlamchi va ikkilamchi osteoporozlar, yuvenil osteoporozlar, tug’ma suyak sinuvchanligi, osteoxondopatiyalar (Keller I, Keller II, Kinbek, Kyonig, Kalve, Osgood–Schlatter, Sheyerman-Mao, Legg-Kalve-Pertes, Shints kasalliklari) osteodistrofiyalar, suyak sinishlari, deformatsiyalovchi osteoartrozlar, koksartrozlar, bolalarda chanoq-son bo’g’imi displaziyasi va tug’ma chiqishlari, Pedjet kasalligi, biriktiruvchi to’qima displaziyasi, Marfan kasalligi, endoprotezlash operatsiyalaridan oldin va keyin;

Nevrologik kasalliklar

Bosh miya jarohatlaridan hamda bosh miyada qon aylanishi buzilishidan keyingi tiklanish davrida, tutqanoq xurujlarini davolash va oldini olishda, uyqusizlikda, asab-ruhiy notinchlikda, markaziy va periferik asab o’tkazuvchanligi buzilishlarida

Endokrin kasalliklarda

Qandli diabetda, gipoparatireozda, Kushing sindromida, tireotoksikozda, gipogonadizmda.

LOR kasalliklari

Barcha allergik xarakterli surunkali va o’tkir kasalliklar, to’qimalar shishi bilan kechadigan holatlarda, operatsiyadan keyin qon ketishini to’xtatish maqsadida.

Terapevtik kasalliklar

Barcha autoimmun (revmatoid artrit, tizimli qizil yuguruk, sklerodermiya, dermatomiozid, ankilozlovchi spondilit, psoriatik artrit, yuvenil artrit, reaktiv artrit, bronxial astma va hakozo) va allergik charakterli kasalliklar (astmatoid bronxit, o’pkaning surunkali obstruktiv kasalligi, bronxospazm va hakozo), har qanday sababli to’qima shishlari, allergiya holatlari, surunkali ich ketishi bilan kechadigan kasalliklar, qon bosimining tushishi, glyukokortikoidlar va antikoagulyantlar bilan o’rta va uzoq muddatli davolanganda va hakozo.

Ginekologik kasalliklar

Dismenorreya, homiladorlik, laktatsiya davri, klimaks va undan keyingi davr, bachadon va unung ortiqlari olib tashlash operatsiyalaridan keying davr.

Pediatriyada

Raxit, gipokalsiemiya, gipoparatireoz, chalatug’ilganlik, krapivnitsa, atopic dermatit, dorilardan allergiya, zardob kasalligi, ich ketishi bilan kechadigan surunkali kasalliklar, bolalarning intensiv o’sish davrida (4-7, 12-17yosh), uzoq muddatli glyukokortikoidlar (gormonlar) bilan davolanganda.

Stomatologiya

tish va og’iz bo’shlig’ining barcha kasallilkari, jag’ suyaklari ostoporozi, implantlar o’rnatish operatsiyasidan keyin.

Yuqumli kasalliklar

infeksiya fonida kechadigan barcha allergik holatlar, shish sindromida, immunitetni ko’tarish maqsadida, ich ketishi bilan kechadigan kasalliklarda.

Onkologik kasalliklarda

kuchli antionkologok ta’sirga ega (qalqonsimon oldi bezi adenomasi va o’smaning parchalanishi sindromidan tashqari).

Gematologiya

massiv qon quyishda, leykoz, limfoma, mielom kasalligi, trombositopeniyalar, koagulopatiyalar, gemorragik sindromlar, talassemiya, tug’ma gemolitik anemiya, o’roqsimonhujayrali anemiya, aplastik anemiya, suyak ko’migi transplantatsiyasidan so’ng, uzoq muddatli glyukokortikoterapiya va boshqalar.

Dermatovenerologiyada

har qanday autoimmun, allergik va infeksion-allergik xarakterdagi kasalliklar, gormonlar zaifligi, gipogonadizm, ginsiy zaiflik.

Jarrohlikda

oshqozon va ichak rezeksiyasidan so’ng, oshqozon osti bezi o’tkir hamda surunkali kasalliklari, yiringli kasalliklar jumladan osteomielit.

Organizmning kaltsiyga bo’lgan fiziologik talabi yuqori bo’lgan holatlar – og’ir jimoniy mehnat qiluvchilar, kuchli jismoniy zo’riqishli sportchilar, o’smirlik davrida.

Dozalash

7 yoshgacha bo’lgan bolalarga yarim choy qoshiqdan yoki yarim qopchadan 2 mahal, 7 yoshdan kattalarga 1 choy qoshiqdan yoki 1 qopchadan 2 mahal, 50-60 ml qaynab sovigan iliq suvda yoki 2-3 osh qoshiq qatiqda eritib ovqatdan yarim soat oldin och qoringa ichiladi. Qabul qilish muddati kasallikning og’ir-yengillik darajasiga qarab 1 oydan 3 oygacha va undan ko’p bo’lishi mumkin. Profilaktika maqsadida, zarurligiga qarab uzoq muddat yoki doimiy qabul qilish mumkin.

Bu mahsulot ovqatga aralashganda yoki ovqatdan so’ng qabul qilinganda hamda gipoatsid gastritlarda ichaklar orqali so’rilishi keskin pasayib ketadi.

Qo’shimcha ta’sirlar

Qabziyatga o’tkinchi tarzda biroz moyillik paydo qilishi mumkin. Bunday hollarda shifokor maslahatiga ko’ra probiotiklar, prokinetiklar yoki ichsuruvchi preparatlaridan foydalanish tavsiya etiladi.

40 yoshdan kattalarda qon ivuvchanligini oshirishi mumkin. Bunda qon tomirlarida tromblar hosil bo’lishi bilan bog’liq kasalliklar xavfi paydo bo’lishi mumkin, bunday asoratlarni oldini olish maqsadida shifokor maslahati bilan, qon ivuvchanligini pasaytiruvchi preparatlarni (antiagregantlar, antikoagulyantlar) birgalikda qabul qilish tavsiya etiladi

Qarshi ko’rsatmalar

Ikki oydan kichik bolalar, mahsulot tarkibidagi komponentlarni ko’tara olmaslik, giperkaltsiemiya (yomon sifatli o’sma kasalliklari, qalqonsimonoldi bezi o’smasi, og’ir buyrak yetishmovchiligi).

Kaltsiy yetishmovchiligi belgilari

Umumiy holsilik, ko’tarinki charchoq.

Tirnoq va sochlarning sinuvchanligi.

Migrenga o’xshash surunkali bosh og’riqlar

Muskullarning titrashi, terining qurishi.

Tishlarning yemirilishi va tushib ketishi (karies, paradontit va hakozo).

Umurtqa, chanoq, chanoq-son bo’g’imi va boldir sohalarida sababsiz qaqshash hamda og’riqlar.

Qomatning buzilishi, umurtqaning qiyshayishi, paraesteziyalar (sezgining buzilishi).

Yengil jaroxatlarda ham suyak sinishlari, qayta-qayta suyak sinishlari, suyak siniqlarining kechikib bitishi.

Aloqa

+998 93 003 74 19

Telefon raqam

+998 94 001 85 65

Telefon raqam

+998 95 551 31 00

Telefon raqam

Samarqand vilotati, Mitan shaharchasi, A.Temur ko'chasi 48-uy

F.I.O*

Telefon raqam*

+998

Elektron pochta

Xabar*

Ko'p beriladigan savollar

Normal holatlarda kimlarda organizmning kaltsiyga bo’lgan talabi yuqori?
Bolalarning tez o’sish davrida, balog’at yoshida (12-19 yosh), jismoniy zo’riqishli sportchilarda, homiladorlikda, onalarning emizikli davrida, chala tug’ilgan bolalarda.